AI agentlarga bir sessiyada qanchalik koʻp task bersangiz, u qilayotgan ishini "unutishni" boshlaydi. Yaʼni bajarilgan ishda oʻz-oʻzidan xatolar paydo boʻla boshlaydi.
Maʼlum kutubxonani install qiladi, lekin undan hech qayerda foydalanmaydi — shunga oʻxshash yana koʻplab muammolar.
Yechim
Bu muammoga eng samarali yechim — bir vaqtda bitta ishga fokusni qaratishga majburlash.
Bekorga "majburlash" demadim: aytmasangiz agent har tomonga "oʻtlab" ketadi va oʻzicha ish boshlaydi.
Claude Code, Codex'dan foydalanayotganda yoki shaxsiy AI agent qurishda albatta shunga eʼtibor bering — agar natija sifatli boʻlishini istasangiz, alohida agentlarni alohida tasklar uchun ajrating.
Yoki asosiy agentni boshqaruvchi (orchestrator) sifatida belgilang va unga subagentlar biriktiring. Har bir muhim taskda aynan shu arxitekturadan foydalaning.
Bu yondashuv agentning context window'ini toza saqlaydi va hallutsinatsiyalarni sezilarli darajada kamaytiradi.