DeepSeek'ning yangi modellari cost jihatidan hozirda AI marketdagi yetakchilardan boʻlib turmoqda.
Anthropic modellari bilan hali tenglasha olmasa ham — benchmarklarda oʻrtacha 10% atrofida pastroq — lekin narx tomondan yutib ketmoqda.
Hisob
Qiziq tomoni shundaki, Opus 4.7 bitta prompt bilan ishni bitirsa va uning narxi taxminan 4$ atrofida boʻlsa, endi aynan shu ishni DeepSeek modeli bilan deylik 3 ta prompt bilan bitirsak — lekin uning narxi taxminan 1$ ga tushsa — bu men uchun koʻproq qulayroq.
Amalda
Sonnet 4.6 kabi modellarni loyihalarda bemalol DeepSeek v4 pro yoki v4 flash bilan almashtirsa boʻladi: sifatni bir xil ushlab, narx tomondan yutish uchun.
DeepSeek'ning ikkala yangi modeli ham 1M contextni support qiladi.