Home
  1. Home
  2. Library
  3. Mangaboxning birinchi oyi, Volarning devori

Mangaboxning birinchi oyi, Volarning devori

18 August 2026·1 min read

Mangabox

Mangabox loyihamiz birinchi oyning oʻzida 1000$ ga yaqin sotuv qildi.

Hozirda kunlik trafik ortib boryapti. Oyiga 30 mingdan ortiq foydalanuvchi veb-saytga tashrif buyurgan, bosh sahifa 300 ming koʻrishga yetdi. Telegram botimizda 6000 dan ortiq foydalanuvchi bor va bu son doimiy, organik ravishda oshib bormoqda.

Tezroq rivojlanish uchun reklama usullarini izlash kerak.

Qiyin boʻldi, lekin uddaladik. Hali ishlar juda koʻp.

Volar

Volar loyihamiz boʻyicha oldinga siljishlar yoʻq. Aytganimdek, bizga traction kerak.

Oʻzbekistonda FinTech biznesiga kirish men oʻylaganimdan ancha qiyin ekan. Qonuniy tomondan katta talablar mavjud. Hozirgacha biznes modelni allaqachon bir marta oʻzgartirdik, lekin oʻylashimcha yana bir bor hozirgi modelni koʻrib chiqish kerak.

Sabab shundaki, hozirda toʻgʻridan-toʻgʻri B2B ishlamoqchi edik — lekin banklar yoki toʻlov provayderlari bilan shartnoma tuzish juda uzoq vaqt olyapti. B2C qilish uchun esa yana bir bor oʻtirib bozorni va qonuniy tomonini oʻrganish kerak.

Shunga qaramay

Bitta narsani ayta olaman: Volar hozirgacha qilgan loyihalarim ichida eng koʻp narsa oʻrganishimga sabab boʻlgan loyiha boʻldi.

Bu loyihada katta qadamlar tashladik — shunchaki veb-sayt qilib, kodlar GitHubda chirimadi. Har xil sohadan juda koʻp odamlar bilan tanishdik.

Loyiha rostdan ham hozirgi toʻlov tizimlaridagi ogʻriqli nuqtani olib chiqqan deb oʻylayman. Agar release qila olsak, juda koʻpchilik uchun manfaatli boʻlishiga ishonaman.

Rustamjon Nuriddinov is an AI/ML engineer in Uzbekistan, writing about models, agents and evaluation. More at the index.