20 dan ortiq loyiha qilib, hamda 5 dan ortiq venchur fondlar bilan suhbatlashib olgan xulosam.
Investitsiya haqida
- Loyihangiz oʻzingiz oʻylaganingizcha qanchalik istiqbolli boʻlmasin, yoki haqiqiy muammoni olib chiqayotgan boʻlsangiz ham — tractionsiz investitsiya olish juda-juda qiyin.
- Investorlar loyihadan koʻra koʻproq founderga eʼtibor beradi.
- Har qanday holatda barcha fondlar sizdan jamoa haqida koʻproq maʼlumot soʻraydi va tekshiradi: jamoa qilinayotgan loyihaga mos keladimi.
Loyiha qilish haqida
- Birinchi qilgan loyihangiz doim juda-juda sodda boʻlishi va hech qanday qiymat bermasligi — bu oddiy holat.
- Loyiha qilishda overthinking qilmaslik kerak. Kichik prototipdan boshlab, keyin vaqt oʻtgan sari mayda yaxshilanishlar qilish eng yaxshisi.
- Agar tez zerikish yoki tashlab qoʻyish koʻp uchrasa, oʻzingizda mavjud muammolardan boshlang. Qaysidir qismni avtomatlashtiring, oʻzingiz uchun kichik tool yasang — bu ancha qiziqarli hamda yaxshi tajriba beradi.
AI davrida
- AI davrida nimadir qurish juda oson, lekin unga qiymat berish qiyin. Agar sotishni bilmasangiz, unda sotishni biladigan sherik toping.
Asosiysi
- Asosiysi — toʻxtamaslik. Kichik qadamlar uzoq masofalarga olib boradi. Kichik yaxshilanishlar ham productning rivojlanishiga sezilarli katta hissa qoʻshadi.
- Bitta loyihaga bogʻlanib qolmang. Doim ikkinchisi yoki uchinchisi eng kamida rejada tursin — biri oʻxshamasa, ikkinchisidan nimadir chiqishi mumkin.